Jamiyat | 12:18 / 13.04.2017
22574
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda profilaktika inspektori qo‘lga olindi

Jasurbek Komilov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ko‘pchilik havas qiladigan yaxshigina kasbning egasi edi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

2015 yilning mart oyidan Yashnobod tumani IIB HOOB militsiya tayanch punktining profilaktika inspektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi. Binoyidek ishlab yurgan yigitni nafs yo‘ldan ozdirdi. O‘tgan yilning avgust oyida javobgarligidagi hududda fuqarolar, korxona va tashkilotlarda pasport tizimiga rioya etilishi yuzasidan hamkasbi bilan birgalikda tadbir o‘tkazgan J.Komilov non mahsulotlari ishlab chiqarish sexida ishlayotgan 3 nafar fuqaroning fuqarolik pasporti mavjud emasligini aniqlaydi. Ular xizmat xonasiga taklif qilinib, ma'muriy bayonnoma tuziladi. Mazkur masala yuzasidan oilaviy korxona tashkilotchilaridan biri Hakim Bo‘riyev profilaktika inspektori bilan “muzokara” olib boradi...

U o‘tgan yilning 15 avgust kuni soat 14:00larda o‘ziga tegishli avtomobilda 1 mln. 140 ming so‘m miqdoridagi pulni, shundan 651 ming so‘mdan oshiqrog‘ini sex xodimlariga nisbatan tuzilgan ma'muriy bayonnoma bo‘yicha jarima to‘lovi uchun, qolgan 488 800 so‘mini esa korxona rahbari Rustam Bo‘riyevga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va ma'muriy jazo qo‘llamaslik evaziga pora tariqasida olganida, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, sud tomonidan unga nisbatan tegishli huquqiy choralar ko‘rildi. 

Mavzuga oid