O‘zbekiston | 15:40 / 14.04.2017
14701
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi asosiy pozitsiyasini ma'lum qildi

O‘zbekiston hozirgi bosqichda turli tuzilmalarga, jumladan, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT/ODKB) hamda Yevroosiyo iqtisodi ittifoqi (YeOII/YevrAzES) tashkilotlariga kirish zaruratini ko‘rmayapti. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov jurnalistlarga ma'lum qilgan.

«O‘zbekiston davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni kuchaytirishga e'tibor qaratadi», degan Komilov.

14 aprel kuni Xalqaro press-klubning «O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi bosqichdagi dolzarb masalalari» mavzusida sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Abdulaziz Komilov hamda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Mavzuga oid