Jahon | 19:51 / 14.04.2017
5396
2 daqiqa o‘qiladi

Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralari uchrashadi

19 aprel kuni Tojikiston Milliy kutubxonasida Tojikiston-O‘zbekiston biznes forumi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 17 aprel kuni ochiluvchi O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «AP».

«Uchrashuv ikki tomonlama o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy munosabatlarni rivojlantirish, sheriklar topish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini oshirishga yo‘naltirilgan», - deya ta'kidlab o‘tgan nashr manbasi.

O‘zbekiston mahsulotlari birinchi ko‘rgazma-yarmarkasi esa Dushanbedagi «Poytaxt-90» savdo markazida 17-21 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston korxonalari Dushanbeda sanoat mahsulotlari, xususan mashinasozlik sohasi, yuqori sifatli avtomobil sanoati, kimyo sanoati, yengil, tekstil, elektrotexnika, parfyumeriya, farmatsevtika, mebel sanoati mahsulotlarini taqdim etadi. Hammasi bo‘lib ko‘rgazma-yarmarkada 160dan ortiq o‘zbek korxonalari o‘z mahsulotini namoyish etadi.

2016 yilda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash qariyb olti baravarga oshib, deyarli 70 million dollarni tashkil etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid