Jamiyat | 21:14 / 14.04.2017
6133
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy aviakompaniyasi Shimoliy Koreya bilan aviaaloqani to‘xtatganini rad etdi

Avvalroq South China Morning Post nashri Xitoyning markaziy televideniyesiga (CCTV) iqtibos keltirgan holda Xitoyning Air China milliy aviakompaniyasi 17 apreldan Pekindan Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga parvozlarni to‘xtatishini ma'lum qilgandi.

Shimoliy Koreyaga parvozlar amalga oshiruvchi yagona xorijiy aviakompaniyaning dushanba, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladigan parvozlarining to‘xtatilishiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagandi.

Biroq keyinroq Air China bu axborotni rad etdi va faqatgina bir necha reyslargina bekor qilingani ma'lum qildi. 

Air China’da China News Service axborot agentligiga ma'lum qilinishicha, kompaniya Pekindan Pxenyanga reyslarni butkul bekor qilmagan, faqatgina chiptalarga talab pastligi sababli vaqtinchalik bekor qilgan. Aviakompaniyada kelgusida Pxenyanga reyslar chiptalar sotilishidan kelib chiqilib sotilishi ma'lum qilindi. Aviakompaniya mijozlarga zarur ma'lumotni rasmiy saytdan yoki Air China ofisiga qo‘ng‘iroq qilib olishlari mumkinligini aytgan.

CCTV ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy aviakompaniyasi Shimoliy Koreyaga 2008 yildan boshlab reyslar amalga oshiradi. Pekindan Pxenyanga reyslar haftaning dushanba, seshanba va juma kunlari Boeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi. Ma'lum qilinishicha, aviakompaniya avval ham yo‘lovchilar miqdori, mavsumiy tebranishlarni hisobga olgan holda, misol uchun qishki mavsumda, reyslarni bekor qilgan yoki qisqartirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid