Jahon | 18:12 / 14.04.2017
53931
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR vs AQSh: Dahanaki jang davom etadi, vaziyat esa taranglashmoqda

KXDR rahbariyati AQSh agressiyasiga qarshi aviazarbalar nishonlarini ma'lum qildi. Vashington Shimoliy Koreyaga qarshi hujum qilgudek bo‘lsa, KXDR Amerika harbiy bazalari va Seuldagi prezident saroyini nishonga oladi. Bu haqda Koreya xalq armiyasi bosh shtabi vakilining bayonotida so‘z yuritilgan.

"Barcha siyosiy, iqtisodiy va harbiy fitnalar bizning armiyamiz va xalqimizning o‘ta quchli javobi bilan barbod bo‘ladi", — deyiladi KMTA orqali tarqatilgan bayonotda 

Bosh shtab vakilining qayd etishicha, KXDR quruqlik, dengiz va havodan preventiv zarbalar beradi. 

Ehtimoliy zarbalar beriluvchi nishonlar sifatida AQShning Osan, Kunsan, Pyontekdagi bazalari, Janubiy Koreya prezidentining "Chxonvade" qarorgohi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, u KXDR raketalari Amerikaning Yaponiyadagi bazalari hamda AQShning o‘ziga qaratilganini unutmaslikka chaqirgan. 

Shuningdek, shimoliy koreyalik harbiylar Amerikaning "Karl Vinson" aviatashuvchisini ham yoddan ko‘tarishmaydi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid