Jahon | 08:08 / 14.04.2017
23456
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Belarus prezidentlari Qirg‘izistonga kelishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga kelishdi. Davlat rahbarlari bu yerda juma kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti a'zo-davlatlari yetakchilari uchrashuvi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Kutilishicha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yig‘ilishida Ittifoqning hisobot davridagi faoliyati yakunlari sarhisob qilinadi, shuningdek ittifoqqa a'zo-davlatlarning 2017-2018 yillardagi makroiqtisodiy siyosati yo‘nalishlari belgilab olinadi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo-davlatlar yetakchilarining norasmiy uchrashuvi esa Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko raisligida, Armaniston, Qozog‘iston va Tojikiston prezidentlari ishtirokida, tor doirada bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid