Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada favqulodda holat rejimi yana uzaytirilishi ma'lum qilindi
Turkiyada 2016 yilning iyul oyidagi harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng e'lon qilingan favqulodda holat rejimi cho‘zdiriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.
"Uning muddati yakuniga yetsa, biz uni cho‘zdiramiz, - deya aytib o‘tdi Erdo‘g‘an FHni nazarda tutib. – Buning uchun hech qanday to‘siqlar yo‘q".
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada favqulodda holat rejimi 2016 yilning 21 iyul kuni uch oylik muddatga kiritilgandi. Joriy yilning yanvarida u yana uch oyga uzaytirildi – 19 aprelgacha. O‘tgan yilning 16 iyulga o‘tar kechasi yuz bergan isyon esa Turkiya Qurolli kuchlari askar va zobitlari guruhi tomonidan tashkillashtirildi. Anqara bunda AQShda yashovchi muxolifatchi Fathulloh Gulen va uning tarafdorlarini ayblamoqda.
Turkiya hukumati favqulodda holat rejimida parlament tasdig‘isiz fuqarolar huquq va erkinliklarini cheklovchi choralarni qabul qilishi mumkin.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026