Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchinchi jahon urushi haqidagi so‘rovlar Google'da rekord darajani qayd etdi
Foto: AP
Google qidiruv tizimida ingliz tilida uchinchi jahon urushi ("world war 3") haqidagi so‘rovlar soni tarixiy maksimumga yetdi. 2004 yildan buyon qidiruv so‘rovlari chastotasini tahlil qilib keluvchi Google Trends veb-ilovasi ma'lumotlari shundan dalolat beradi.
Dastlab foydalanuvchilar AQShning Suriya aviabazasiga bergan raketa zarbalari va bunga Moskvaning javob bayonotiga eng ko‘p qiziqish bildirishgan. Shundan so‘ng AQSh va KXDR o‘rtasidagi mojarolar fonida bu qo‘rquv yanada kuchaydi, deyiladi International Business Times'da.
"Uchinchi jahon urushi"dan tashqari, "Tramp urush" ("Trump war") va "Suriya urush" ("Syria war") kabi so‘rovlar ham rekord darajalarni qayd etdi.
Google Trends'ga ko‘ra, bundan oldin uchinchi jahon urushi haqidagi so‘rov eng ko‘p qayd qilingan vaqt 2015 yilning noyabriga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
10:18 / 28.03.2026
Ukrainada urush uchun pul iyungacha qolgan
20:24 / 26.03.2026
Qimmatchilik urushi | MAYDON
17:30 / 17.03.2026