Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Halab yaqinidagi terakt qurbonlari soni 70 nafarga yetdi
Suriyaning Halab shahri yaqinidagi teraktda halok bo‘lganlar soni 70 kishigacha oshdi. Bu haqda 15 aprelda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Terrorchi-xudkush Rashidin tumanidagi AYoQSh yonida avtomobilni portlatgan. Portlash joyi yaqinida Idlib viloyatidagi Fua va Kafraya aholi punktlaridan evakuatsiya qilingan odamlarni olib ketayotgan avtobuslar turgan. Avval 20 kishi halok bo‘lgani, 50 kishi yaralangani ma'lum qilingandi.
Avtobuslar kolonnasi Rashidinda Jibrindagi qochqinlarni vaqtinchalik joylashtirish markaziga ketaverishda to‘xtagan edi. Transportning bir qismi portlashdan keyin jangarilar nazoratidagi hududlarda qolmoqda.
Al-Fua va Kafraya aholosini evakuatsiya qilish hukumat armiyasi va qurollangan muxolifat o‘rtasidagi yarashuv kelishuviga muvofiq bajarilmoqda. Bunga parallel ravishda "Jibhat an Nusra" jangarilari Damashq yaqinidagi Zabadaniy va Madaya tog‘li kurortlaridan olib chiqib ketilmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026