Jahon | 11:03 / 15.04.2017
13278
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR Kim Ir Sen tavalludi-Quyosh kunini keng nishonladi

Shimoliy Koreya aholisi mamlakatning asosiy bayrami – KXDR asoschisi va ilk rahbari Kim Ir Sen tavalludi – 105 yoshga kirishini keng nishonladi. Shu munosabat bilan Pxenyan markazida harbiy parad tashkil etildi. Kim Ir Sen nomidagi maydonda ham bayram sayli tashkil etildi. 

Shu munosabat bilan shahardagi transport harakati cheklandi. Kim Ir Sen tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan marosimlarni 200ga yaqin xorijiy jurnalistlar yoritdi.

KXDR Mehnat partiyasi rahbari va mamlakat qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni Kim Chen In Pxenyan markaziy maydonida harbiy paradni qabul qildi. Mamlakat hukumati milliy bayramdan harbiy qudratini yana bir bor namoyish qilish imkoniyati sifatida foydalanishga qaror qilgan. 

Avvalroq, turli OAV Pxenyan paradida yangi ballistik raketalar namoyish etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatgan edi. 

Unga ko‘ra, yangi qit'alararo va suvosti kemasi ballistik raketalari namoyish etilishi taxmin qilingan edi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar qildi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid