Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda o‘g‘irlikni kasb qilib olgan shaxs qo‘lga olindi
Ohangaron tumanida istiqomat qiluvchi 1988 yilda tug‘ilgan X. Timofey muqaddam ham jinoyat sodir etganligi bois javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, bundan xulosa chiqarmay o‘zgalarning mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishga urinadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati
Ohangaron markaziy dehqon bozori hududida joylashgan shu tumanda yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan maishiy texnika do‘konini kirish eshigini buzish yo‘li bilan kirib, u yerdan bahosi 3.000.000 so‘mlik “Samsung” rusumli noutbuk, umumiy bahosi 1.000.000 so‘m miqdoridagi telefon aksessuarlarini o‘g‘irlab jinoyat sodir etgan joydan yashiringan.
Shuningdek, u o‘z jinoiy faoliyatini davom ettirib, Ohangaron tumani, Yangiobod mahallasi Anhor ko‘chasida joylashgan oziq-ovqatlar do‘konining oynasini tosh bilan urib sindirib kirib, do‘kondan jami umumiy bahosi 2.760.100 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketgan.
Bundan tashqari, X. Timofey o‘z jinoiy faoliyatini davom ettirib, Ohangaron tumani, Navro‘z ko‘chasida joylashgan fuqaroning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Hozirgi vaqtda ushbu holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
09:05 / 07.01.2026
Ohangaron va Qibrayda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga doir holatlar aniqlandi
12:20 / 25.12.2025
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ham 18 yilga qamaldi
09:37 / 08.12.2025