Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti Trampning yordamchisi bilan uchrashdi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 16 aprelda AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligining ma'lum qilishicha, tomonlar Afg‘onistondagi xavfsizlik sohasidagi vaziyatni va ikki tomonlama munosabatlar masalalarini muhokama qilishgan.
12 aprelda Tramp NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra, Makmaster Afg‘onistonga "AQSh afg‘onistonlik hamkorlari va NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari bilan taraqqiyotga erisha olishini tushunish uchun" jo‘nashini ma'lum qilgandi.
14 aprelda Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘mak berish maqsadida mintaqaviy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 27 dekabrda birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tgan va unda Rossiya, Xitoy va Pokiston ishtirok etgan. 15 fevraldagi uchrashuvda esa ularga Afg‘oniston, Eron va Hindiston vakillari qo‘shilishgan.
14 apreldagi maslahatlashuvlarda shuningdek O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston ishtirok etdi. AQSh taklifni qabul qilmagan. Barcha uchrashuvlar Moskvada o‘tgan.
Afg‘oniston hukumati maslahatlashuvlarning keyingi raundini Kobulda o‘tkazmoqchi va unga avvalgi ishtirokchilardan tashqari, AQSh, Yevropa Ittifoqi va bir qator xorijiy hamkorlarni taklif qilmoqchi. Uchrashuvning sanasi hukumat tomonidan belgilanadi.
Mavzuga oid
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025
Tojik-afg‘on chegarasida yana ikki xitoylik halok bo‘ldi, Xitoy xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi
17:36 / 02.12.2025