Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boris Jonson Rossiyaga Suriyadagi g‘arb koalitsiyasiga qo‘shilishni taklif qildi
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Moskvaga Suriyada IShIDga qarshi kurashuvchi g‘arb koalitsiyasiga qo‘shilishni taklif qildi. Bu haqda Jonsonning Daily Telegraph nashrida 15 aprelda chop etilgan maqolasida aytilgan.
"Moskva IShIDga qarshi kurash va o‘zining Suriyadagi strategik manfaatlarini prezident Tramp bilan sermahsulroq munosabatlar istiqboli bilan saqlab qolish uchun 60 dan ko‘proq davlatni birlashtiruvchi koalitsiyaga qo‘shilishi mumkin edi", deb aytdi Jonson va g‘arb davlatlari keyinchalik Suriyani tiklashda yordam berishlarini ta'kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga Jonson Idlibda uyushtirilgan kimyoviy hujumni AQSh bombardimon qilgan Shayrat aviabazasidan uchgan ikkita samolyot amalga oshirganiga shubhalanmasligini aytdi.
"Britaniyalik olimlar hujum qurbonlari tanalari va kiyimlaridan olingan namunalarni o‘rganib chiqishdi. Ular zarin yoki unga o‘xshash kimyoviy modda borligini tasdiqlashdi", deb yozgan Jonson.
Shundan keyin Jonson Rossiya "suriyaliklarni Bashar Asad hukumatidan ozod qiladigan, vaziyatni siyosiy tartibga solishga erishish uchun kimyoviy hujumlar va bochkali bombalarni qo‘llashga chek qo‘yish maqsadida o‘t ochishning real to‘xtatilishiga ko‘mak ko‘rsatishi kerakligi" haqida fikr bildirgan. Uning fikricha, aynan Rossiya Asadni o‘z lavozimini tark etishga ko‘ndira olishi mumkin. U Asadni "
Jonson maqolada Asadni AQSh yangi zarbalar berishi mumkinligidan ogohlantirgan. "AQSh zarba berdi va buni yana amalga oshirishi mumkin", deb aytgan Jonson.