Jahon | 16:35 / 16.04.2017
16568
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston aeroportlarida trevoga e'lon qilindi

Hindistonning Mumbay, Chennay va Haydarobod shaharlaridagi aeroportlarda samolyotlarning o‘g‘irlanish xavfi yuzaga kelgani tufayli trevoga holati e'lon qilindi.

The Indian Express xabarida yozilishicha, xavfsizlik xizmatlariga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, 23 kishidan iborat guruh vakillari bir vaqtning o‘zida 3ta aeroportda samolyot o‘g‘irlashni rejalashtirgan.

Qayd etilishicha, bu haqda samolyot o‘g‘irlash rejasi haqidagi suhbatni tasodifan eshitib qolgan ayol xabar bergan.

Aviakompaniyalar yo‘lovchilardan aeroportlarga har ehtimolga qarshi barvaqtroq kelishni hamda xavfsizlik xizmatlarining tavsiyalarini bajarishni so‘ragan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid