Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mart oyida O‘zbekiston chegarasini buzgan 161 qoidabuzar qo‘lga olindi
O‘zbekistonlik chegarachilar mart oyida davlat chegarasini buzgan 161 qoidabuzarni qo‘lga oldilar. Bu haqda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakili ma'lum qildi.
Uning aytishicha, chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lganlar eng ko‘p Qirg‘iziston bilan chegarada ushlangan. Ularning soni 73 nafarni tashkil qilgan. Shuningdek, Qozog‘iston bilan chegarada 60 nafar, Afg‘oniston – 16 nafar, Tojikiston – 9 nafar va Turkmaniston bilan chegarada 3 nafar qoidabuzar qo‘lga olingan.
"Chegarachilar 1,25 mlrd so‘mdan ko‘proq summalik tovar-moddiy boyliklarning chegara orqali noqonuniy olib o‘tilishi oldini oldilar. Bular asosan rangli metall, maishiy texnika, atir-upa hamda tamaki mahsulotlari hisoblanadi. Qirg‘iziston bilan chegaraning o‘zida 590 mln so‘mlik tovar-moddiy boylik musodara qilingan.
Bundan tashqari, Tojikiston bilan chegarada tamaki mahsuloti kontrabandasi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qing‘irliklariga chek qo‘yildi. Bu holatda jinoyatchilardan umumiy qiymati 669 mln so‘mdan oshadigan yirik partiyadagi sigaretalar musodara qilingan.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026