Ozarboyjonda katta ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar boshlanmoqda
16 aprelda Ozarboyjon qurolli kuchlarining katta ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu mashg‘ulotlarda 30 minggacha harbiy ishtirok etadi, sharoitlar jangovar sharoitlarga yaqin bo‘ladi.
Armaniston bu mashg‘ulotlar xalqaro me'yorlar buzilishi bilan o‘tkazilayotganini aytib, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga (YoXHT) murojaat yo‘lladi.
Avvalroq Ozarboyjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati mamlakat prezidenti tomondan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, 16-24 aprel kunlari qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligi, kuchlar va vositalarni boshqarishni tashkillashtirish, ularning jangovar sharoitlarga yaqinlashtirilgan sharoitlarda o‘zaro harakatlanishini tekshirish maqsadida mashg‘ulotlar o‘tkazilishini ma'lum qilgan.
Mashg‘ulotlarga shaxsiy tarkibning 30 minggacha harbiysi, 250 dan ortiq zirhli texnika va tank, 200 tagacha turli kalibrdagi raketa-artilleriya qurilmalari, yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari va minomyotlar, harbiy aviatsiyaning turli maqsaddagi 25 ta texnikasi, radioelektron razvedkaning yangi vositalari va uchuvchisiz parvoz qurilmalari jalb qilinadi.
Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy umumqo‘shin jangi va murakkab relef sharoitida operatsiyalar olib borishning turli usullari mashq qilinadi.
Armaniston bu mashg‘ulotlarning o‘tkazilishiga qarshi chiqmoqda. "Vena hujjati bo‘yicha majburiyatlar va YeXHTning 9/12-son qarori talablari buzilgan", deb aytdi Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Artsrun Ovannisyan.
Vena hujjati bo‘yicha majburiyatlar va YeXHTning 9/12-son qarori YeXHTga kiruvchi davlatlarning yirik harbiy tadbirlar haqida oldindan ogohlantirishi kerakligini nazarda tutadi.
"Biz YeXHTga mashg‘ulotlar yuzasidan murojaat qildik. Ozarboyjon qo‘shinlarning soni bo‘yicha kelishuvlarni buzmoqda", deb keyinroq qo‘shimcha qilgan Ovannisyan.
Mavzuga oid
16:16 / 24.12.2024
O‘zbekiston va Ozarboyjon prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi
10:44 / 14.12.2024
GFRda XDI/XSIning ikki a’zosi Ozarboyjonga pora evaziga yordam berganlikda ayblanmoqda
14:22 / 08.12.2024
Ozarboyjonda mushkul vaziyatda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
09:23 / 05.12.2024