Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyaning raketa uchirishi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi
Shimoliy Koreya 16 aprelda navbatdagi raketa sinovini o‘tkazmoqchi bo‘ldi, biroq urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Shimoliy Koreya bugun ertallab noma'lum raketani Xamgyon-Namdo viloyatidagi Sinpxo uyezdidan uchirishga harakat qildi, biroq urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan", deb aytildi Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasida.
AQSh qurolli kuchlari uchirilgan raketani qayd qilgan. Raketa uchirilishi bilanoq portlab ketgan.
"Tinch okeani qo‘mondonligi Shimoliy Koreyadan Gavayi vaqti bilan soat 11:21da ballistik raketa uchirilganini qayd qildi", deb ma'lum qilgan Pentagon vakili.
Ma'lum qilinishicha, raketa turi aniqlashtirilmoqda.
Vashington, Tokio va Seulda Shimoliy Koreya mamlakat asoschisi Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi munosabati bilan yadroviy yoki raketa sinovi o‘tkazishi taxmin qilingandi.
15 aprelda Pxenyanda Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi munosabati bilan parad bo‘lib o‘tdi va unda mamlakatga maxsus taklif qilingan 200 ga yaqin xorijiy jurnalist ishtirok etdi. Kim Ir Sen nomidagi maydonda eng yangi raketalar namoyish qilindi.
Pxenyanni qo‘rqitish uchun Yapon dengiziga AQShning zarba beruvchi kemalari guruhi kirdi. Shu kunlarda Yaponiya va Janubiy Koreya OAVda AQShning Shimoliy Koreyaga zarba berishi ehtimoli keng muhokama qilinmoqda. Shimoliy Koreya bosh shtabi ig‘vogar harakatlarga AQSh harbiy obektlariga "kutilmagan javob zarbasi" berish bilan tahdid qildi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
07:59 / 27.01.2026