Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada referendum vaqtida otishma ro‘y berib, ikki kishi halok bo‘ldi
Turkiyada referendum vaqtida mamlakatning Diyorbakir shahrida ikki guruh o‘rtasida otishma ro‘y berishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NTV telekanali xabar tarqatdi.
Xabar qilinishicha, otishma saylov uchastkasi ochilgan maktab yaqinida ro‘y bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv siyosiy qarashlari turli bo‘lgan ikki guruh o‘rtasida kelib chiqqan.
Ushbu referendumda Turkiyada ochilgan 167140 saylov uchastkasida 55 mln 319 ming 222 fuqaro ovoz berishi mumkin. Bundan tashqari, qamoqxonalarda yana 461ta saylov uchatkasi ochilgan. Turkiyadan tashqaridagi turkiyaliklar muddatdan oldin ovozlarini berib bo‘lishgan.
Joriy referendumga qo‘yiladigan asosiy masala Turkiyada prezident boshqaruvi tizimining kiritilishi bo‘ladi.
Turkiya konstitutsiyasiga 18 ta o‘zgartirishni kiritish qonuniga ko‘ra, agar o‘zgartirishlar qo‘llab-quvvatlansa, prezident boshqaruvi shakliga o‘tiladi, parlament deputatlari soni 550 nafardan 600 nafargacha oshiriladi, parlamentga saylanish uchun yosh chegarasi 25 yoshdan 18 yoshgacha tushiriladi.
Agar referendum ishtirokchilari konstitutsiyaviy islohotni qo‘llab-quvvatlashsa, Erdo‘g‘an cheklanmagan vakolatga ega bo‘ladi va u yana ikki marta prezidentlikka saylanishi mumkin bo‘ladi. O‘tkazilgan oxirgi so‘rovlarga ko‘ra, taklif etilayotgan o‘zgarishlarni ma'qullovchilar ko‘proqni tashkil qilgan (46-47 foiz kishi "ha" deydi, 43-44 foiz kishi "qarshi" bo‘ladi, 10 foiz atrofidagi kishi hali bir qarorga kelmagan).
Mavzuga oid
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026
Qozog‘istonda konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi
12:43 / 13.02.2026