Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Latviyada NATO mashg‘ulotlari boshlanadi
17 aprelda Boltiqbo‘yi respublikasi Latviyada NATOning Summer Shield harbiy mashg‘ulotlari boshlanadi va 30 aprelgacha davom etadi. Unda 1,2 mingdan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etadi. Ularning 200dan ortig‘i Estoniya askarlaridir, deya ma'lum qilgan Estoniya mudofaa kuchlari Bosh shtabi.
"200dan ortiq estoniyalik harbiy xizmatchilar 17-30 aprel kunlari Latviyaning Adaji poligonida bo‘lib o‘tadigan NATOning Summer Shield mashg‘ulotida qatnashadi", — deyiladi xabarda.
Summer Shield harbiy-o‘quv mashg‘ulotlarida Latviya, Litva, Estoniya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Bolgariya, Ruminiya, Slovakiya, Germaniya va Shvetsiya harbiylari qatnashadi.
Unda artilleriya aslahalaridan zarba berish, havo mudofaasi va razvedka, ommaviy qirg‘in qurollariga qarshi harakat, tanklargaqarshi mudofaa hamda harbiy muhandislar amaliyotlari bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Summer Shield mashg‘ulotlari Latviyada 2004 yildan beri o‘tkazib kelinadi. 2014 yildan u alyansning barcha a'zolari uchun ochiqdir. 2016 yilgi mashg‘ulotlarda 1,3 mingdan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etgan.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
08:58 / 29.05.2026
Latviyada yangi hukumat ish boshladi
10:56 / 27.05.2026