Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya siyosatchilaridan biri terrorchilarni Antarktidaga surgun qilishga va'da berdi
Fransiya prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri, "Ko‘taril, Fransiya!" harakati yetakchisi Nikolya Dyupon-Enyan ekstremizmga qarshi qattiqqo‘llik bilan kurashishga va'da berdi va agar saylovlarda g‘olib bo‘lsa, mamlakatda qo‘lga olingan terrorchilarni Antarktidaga surgun qilishini aytdi.
"Mening saylovoldi dasturimda Fransiyada qo‘lga olingan terrorchilarni Parijdan minglab kilometr uzoqlikda, Antarktida yonida joylashgan, mamlakatga tegishli Kergelen arxipelagiga surgun qilish taklifi bor. Va men saylovlarda g‘olib bo‘lsam, bu va'damni bajarish istagidaman", deb aytgan siyosatchi TF-1 telekanali efirida.
Uning aytishicha, arxipelagda olimlar foydalanadigan inshootlar bor va u yerda axloq tuzatish markazini barpo etish muammo emas.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya prezidenti lavozimiga 11 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Mamlakatning yangi prezidenti saylovlari 23 aprelda bo‘lib o‘tadi. Agar g‘olib aniqlanmasa, 7 mayda saylovlarning 2-bosqichi o‘tkaziladi. Amaldagi prezident Fransua Olland saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
20:54
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
22:51 / 21.06.2026