Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning C919 birinchi avialayneri tezlik sinovlaridan o‘tdi
Xitoyning birichi milliy yo‘lovchi avialayneri C919 uchish-qo‘nish yo‘lagida tezlik sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi, deb yozadi "Jenmin jibao" gazetasi.
Xabar qilinishicha, bu shunday turdagi avialayner uchun birinchi tajriba bo‘ldi. U yakshanba kuni Shanhaydagi Pudun aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘tkazilgan. Ta'kidlanishicha, bunday sinovlar havo kemasining tajribaviy parvozidan avvalgi so‘nggisi bo‘ladi.
Mart oyi oxirida C919 birinchi tajribaviy parvozga chiqishga texnik jihatdan tayyorligi ma'lum qilingandi. Biroq ekspertlar qurilmalarning elektromagnit uyg‘unlashuvi bo‘yicha ishlarni, shuningdek parvozga qadar rul sinovlari yakuniga yetkazilmagan, deb hisoblashgandi.
Ma'lumot uchun, C919 – Xitoyning sig‘imi 158 iqtisod-sinfdagi o‘rindiqqa ega birinchi magistral avialayneri loyihasi bo‘lib, uchish masofasi 5,5 ming kilometrga teng. Loyiha xorijiy korxonalar hamda COMAC (Commercial Aircraft Corporation of China) ishtirokida amalga oshirilmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, COMAC 570 ta samolyotga buyurtma olgan. Hammasi bo‘lib esa 2 ming dona shunday avialaynerni sotish mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026