O‘zbekiston | 17:52 / 17.04.2017
14556
1 daqiqa o‘qiladi

Mahalliylashtirish dasturiga 12 ta loyiha kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 10.04.2017 yildagi 197-son qarori bilan tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
  
Xususan, maishiy texnika, tibbiy asbob-uskunalar, qurilish materiallari va boshqalar ishlab chiqarish bo‘yicha 12 ta loyiha kiritildi. Ro‘yxat bilan bu yerda tanishish mumkin.
 
Bunda Dasturga yangitdan kiritilgan tashkilotlarga nisbatan imtiyozlar quyidagilar bo‘yicha qo‘llaniladi:

•  bojxona to‘lovlari bo‘yicha – 2017 yil 17 apreldan;

•  soliqlar bo‘yicha – 2017 yil 1 maydan.

Mavzuga oid