Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Yaponiya imperatorni taxtdan chetlatuvchi qonun loyihasini tayyorlamoqda
Yaponiya hukumati 19 may kuni mamlakat parlamentiga maxsus qonun loyihasini kiritadi. Bu imperator Akixitoga taxtdan voz kechish hamda hokimiyatni taxt vorisiga topshirish imkonini beradi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, yapon hukumati joriy parlament sessiyasi yakuniga qadar loyihani tasdiqlashga umid qilmoqda. Qonun loyihasi bir martalik kuchga ega bo‘lib, 83 yoshli hozirgi imperator Akixitoga tegishli bo‘ladi. U o‘tgan yili, mamlakat qonunchiligida bo‘lmasa-da, taxtni tark etishni iroda qilgan edi.
Kiodo agentligiga ko‘ra, imperator o‘rnini merosxo‘r shahzoda Naruxito egallaydi. Xususan, loyiha taxtdan voz kechayotgan imperator maqomini hamda uning keyingi istiqomatiga ham oydinlik kiritadi.
Mavzuga oid
08:40 / 09.02.2026
Yaponiya hukmron partiyasi tarixiy g‘alabaga erishdi
22:40 / 08.02.2026
Yaponiya bosh vazirining hukmron bloki saylovda g‘alaba qozondi
12:03 / 02.02.2026
Yaponiya okean tubida nodir yer elementlarini aniqladi
21:06 / 26.01.2026