Jahon | 10:37 / 17.04.2017
17590
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Shimoliy Koreyada yangi turdagi qo‘shinlar tashkil etildi

Shimoliy Koreya qurolli kuchlarda yangi turdagi qo‘shinlarni tashkil etdi – maxsus taktik qo‘shinlar. Mamlakatda shu paytga qadar piyoda, harbiy-dengiz, harbiy-havo va strategik qo‘shinlar bor edi, deb xabar beradi Ryonxap axborot agentligi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya gazetalarining Pxenyanda 15 aprel kuni bo‘lib o‘tgan harbiy paradi bo‘yicha hisobotlari tahlili KXDRda yangi atama - “maxsus taktik qo‘shinlar” paydo bo‘lganini ko‘rsatdi.

Masalan, "Nodon sinmun" gazetasi parad vaqtida Kim Ir Sen maydonidan “Koreya xalq armiyasining harbiy-dengiz, harbiy-havo va havo mudofaasi, strategik va maxsus taktik qo‘shinlari” o‘tganini yozgan. 

Janubiy koreyalik tahlilchilarning taxminicha, KXDR maxsus taktik qo‘shinlari soni xuddi HHK yoki HDKdagi kabi bo‘lishi mumkin.

Paradda bu turdagi qo‘shinlar askarlari yuzlarida qora grim bo‘lgani holda quyoshdan himoya qiluvchi qora ko‘zoynaklarda o‘tgan. Ular granatomyotlar bilan qurollangan bo‘lgan, boshlarida esa tungi kuzatuv qurilmalariga ega shlemlar ham bor edi.

Ryonxapning ekspertlarga asosan ta'kidlashicha, KXDR armiyasida yangi turdagi qo‘shinlarning tashkil etilishi Amerika va Janubiy Koreya maxsus qo‘shinlariga qarshi yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.

Koreya xalq armiyasi maxsus taktik qo‘shinlariga general-polkovnik Kim Yon Bak qo‘mondonlik qilmoqda, deya aniqlik kiritdi Ryonxap.

Seulda ta'kidlashlaricha, bu KXDRda paradga bag‘ishlab yangi maxsus qo‘shinlar tashkil etilishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Shu tariqa, 2012 yilda strategik raketa qo‘shinlari tashkil etilishi haqida ma'lum qilingan bo‘lsa, 2013 yilda uning asosida strategik qurolli kuchlar yaratildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid