Iqtisodiyot | 11:27 / 17.04.2017
6022
2 daqiqa o‘qiladi

Usenet xalqaro Digital-konferensiyasi dasturi e'lon qilindi

25 aprel kuni hisob bo‘yicha to‘rtinchi Usenet xalqaro Digital-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir yangilangan formatda o‘tkaziladi: tadbir doirasida ikkita parallel sessiya, davra suhbati va ko‘plab qiziqarli faolliklar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Konferentsiya dasturi bilan tadbir saytida tanishish mumkin.

Bu yilgi asosiy mavzular — digital-iqtisodiyot, elektron tijorat, mobayl, zamonaviy reklama texnologiyalari, bozor mezonlari, marketing, matbuot, PR.

Konferentsiyada soha bo‘yicha tadbirlarda doimiy ravishda nutq so‘zlab keladigan mutaxassislar ishtirok etadi. Ular o‘nlab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan.

Konferentsiyadagi muhim hodisa «2017—2021 yillarda keng polosali mobil internetni rivojlantirish. 3G’ni kengaytirish, 4G’ni joriy qilish va 5G’ga o‘tish: texnologiyalar, investitsiyalar, buyumlar interneti» mavzusidagi davra suhbati bo‘ladi. Uchrashuv ishtirokchilari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati, mobil bozor kompaniyalari CeO va CTO’laridan iborat.

Konferentsiya tashkilotchisi — Ledokol Group agentligi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va UzInfocom markazi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda qatnashish bepul. Faqat taklifnomalar bilan kiritiladi. Ishtirok etish uchun konferensiya saytida arizani to‘ldirish kerak. Konferentsiya 25 aprel kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid