USENET 2018 xalqaro digital konferensiyasining rasmiy saytida spikerlarning çiqişlari böyiça dastur e'lon qilindi. Konferentsiyaning oçiliş marosimi 27 aprel kuni soat 09:30da boşlanadi. An'anaga muvofiq, tadbir International Hotel Tashkent mehmonxonasining ikkita zalida bir kun davomida ötkaziladi.
Joriy yilda USENET doirasida Özbekiston, Rossiya, Qozoğistonning 30dan ortiq kompaniyalarining vakillari iştirok etişadi. Sönggi vaqtlarda eng köp muhokama qilingan blokçeyn va kontent, internet-marketing kabi mavzular anjuman diqqat markazida böladi.
Ledokol Group media-agentligi tadbir taşkilotçilari sanaladi. Konferentsiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi kömagida taşkil etilmoqda.
Beeline Uzbekistan – konferensiyaning boş hamkori hisoblanadi.
Samsung, Click mobil banking tizimi, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoği anjumanning homiylaridir.
Konferentsiyaga taklifnoma bilan kiriş mutlaqo bepul. Buning uçun konferensiya rasmiy saytida ariza qoldirsangiz bas.











