9-10 oktyabr kunlari Toşkent şahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevrosiyo CSS 2024” II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bölib ötmoqda. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Kiberxavfsizlik markazi tomonidan taşkil qilingan tadbirda 30 dan ortiq mamlakatdan 60 ga yaqin kompaniyalar hamda 120 dan ortiq delegatlar iştirok etmoqda. Xususan, Janubiy Koreya, Ozarboyjon, Turkiya, Gruziya, Turkmaniston, Tojikiston, Qozoğiston kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning kiberxavfsizlik sohasini tartibga soluvçi organlari va xalqaro taşkilotlar — Xalqaro elektr-aloqa ittifoqi, FIRST, SABABA iştirok etmoqda.

“CSS-2024” kiberxavfsizlik konferensiyasining asosiy maqsadi mintaqaviy kiberhamjamiyat uçun özaro tajriba almaşiş, zamonaviy yeçimlarni namoyiş etiş, özaro manfaatli asosda yangi imkoniyatlarni oçiş uçun yuqori darajadagi xalqaro interaktiv platforma yaratişdan iborat.
Konferensiyaning umumiy e’tibori raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning ahamiyati: yeçimlar, tahdidlar va hamkorlik, muhim infratuzilma va biznes aktivlarini himoya qilişga qaratilgan.
Şuningdek, 9 oktyabr kuni konferensiya doirasida “Cyberkent 2.0” musobaqalariga ham start berildi. Unda ROBBO-FEST yoş avlod uçun taşkil qilingan robototexnika musobaqalari ham ötkaziladi.

Tadbir doirasida Red team va Blue team yönalişlarida kiberxavfsizlik musobaqasining final bosqiçi ham bölib ötadi.
Unda Blue team jamoasi – taşkilotning virtual infratuzilmasini himoya qilişda qalqon bölib, har xil turdagi hujumlarni aniqlaş, oldini oliş va bartaraf etiş bilan şuğullanadi. Blue teamʼdan bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajariş, hujumlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş uçun texnik bilimlar, tezkor qaror qabul qiliş qobiliyati hamda yuqori darajada jamoaviy hamjihatlik talab qilinadi. Finalda saralaşlardan ötgan 5 ta jamoa iştirok etadi.

Red team jamoasi — kiberxavfsizlik sohasida taşkilotning xavfsizlik holatini sinab köriş va tizimlaridagi zaifliklarni aniqlaş uçun möljallangan maxsus jamoalar hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi taşkilotning virtual infratuzilmasiga hujum qilib, zaifliklarni aniqlaş va ulardan foydalanişdir.

















