Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida Germaniyaning IAMO (Ötiş davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qişloq xöjaligini rivojlantiriş) ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Ipak yölida joylaşgan mamlakatlarda qişloq xöjaligining barqaror rivojlanişida ijtimoiy – iqtisodiy fanlarning roli” mavzusida xalqaro konferensiya öz işini boşladi.


Qişloq xöjaligi iqtisodiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar örtasida qişloq xöjaligida islohotlarning borişi, yer-suvdan foydalaniş masalalari, iqlim özgarişlarining qişloq mahsulotlari işlab çiqarişiga ta'siri, qişloq hududlarida mehnat resurslari va ularning migratsiyasi, qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosida eksport salohiyatini oşiriş masalalari böyiça tadqiqot natijalari muhokamasi hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş konferensiyaning asosiy maqsadlaridandir.

Konferentsiya Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi, Suv xöjaligi, Innovatsion rivojlantiriş vazirliklari, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, Germaniyaning IAMO ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan taşkillaştirilgan.














