Jahon | 08:28 / 18.04.2017
6390
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada ayollar piyoda, tank va razvedka qo‘shinlariga qabul qilina boshlanadi

Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada ayollarni qurolli kuchlardagi tank, razvedka va piyoda bo‘linmalariga qabul qilishda qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinishi haqida ma'lum qildi. “Biz hozirgi zamonga mos keladigan o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlarini yaratishga harakat qilmoqdamiz, - deya ma'lum qildi harbiy mahkama rahbari Tokioda hukumat yig‘ilishidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida. – Biz qariyb barcha cheklovlarni bekor qilmoqdamiz, hamda ayollarni harbiy xizmatga jalb etishni istamoqdamiz”.

Avval Yaponiya qurolli kuchlarida ayollarni harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlariga qabul qilishga ruxsat berilgandi. Ular bu yerda rahbarlik lavozimlariga qadar yetib borishdi (jumladan, jangovar kemalar kapitanlari orasida ham ayollar bor).

Ayni damda cheklovlar faqatgina radioaktiv materiallarga aloqador maxsus qo‘shinlarda qolgan, shuningdek suvosti kemalarida ularning xizmat qilishi ham mumkin emas (u yerda ayollar uchun alohida xona tashkil etish bir qadar murakkab). Avvalroq Yaponiya qurolli kuchlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jangovar harakatlarga aloqasi bo‘lgan bo‘linmalarga faqatgina erkaklarni qabul qilishga ruxsat bor edi. Biroq cheklovlar 1993 yilda qisman bekor qilindi hamda keyinchalik asta-sekin yengillashtirib borildi.

Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish Kuchlarida o‘tgan yilning yakuniga ko‘ra taxminan 14 ming ayol xizmat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid