Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada otlar qiruvchi samolyotlar uchib o‘tgandan keyin nobud bo‘ldi
Buyuk Britaniyaning Kornuell grafligida Monti laqabli poni yonidan F-15 qiruvchi samolyotlari uchib o‘tgandan keyin qo‘rquvdan o‘lib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Samolyotlar Saffolk grafligidagi Leykenxit harbiy bazasidan qaytayotgan bo‘lgan. Samolyotlar poni yurgan maydon uzra juda pastlab uchgan. 10 yoshlik poni 3 yoshli Ameliya Braunning sevimli uy hayvoni edi.
Qizcha onasining aytishicha, samolyotlar paydo bo‘lgandan keyin Monti o‘zini yomon his qila boshlagan. U veterinar yetib kelguncha qo‘rquvdan o‘ziga kelolmay joni uzilgan.
Ta'kidlanishicha, bu samolyotlar uchib o‘tgandan keyin yon-atrofdagi boshqa bir nechta ot ham nobud bo‘lgan. Mahalliy aholi samolyotlar juda pastlab uchishidan shikoyat qilmoqda. Odamlar samolyotlarning juda kuchli shovqinidan cho‘chib ketishlari va samolyotlar qulashi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini aytganlar.
Mavzuga oid
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026
Buyuk Britaniya Rossiya «yashirin floti» tankerini qo‘lga oldi
08:50 / 08.06.2026