Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda firibgar gaz nazoratchisi jazoga tortildi
Qishloq joylarida gaz yoki elektr energiyasi nazoratchilari xonadonga keladigan bo‘lsa, ko‘pchilikning xavotiri ortadi. Bunga ba'zi nazoratchilarning o‘z bilganlaricha ish tutishlari sabab bo‘lmoqda, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
“Janubgazta'minot” UK “Chiroqchitumangaz” filialida nazoratchi vazifasida ishlagan F.Qurbonmurodovni ham ana shundaylar safiga qo‘shish mumkin. Firibgarlikda ustasi farang bo‘lib ketgan bu kimsa xonadon egalari sarflangan gaz bo‘yicha to‘lagan pullarni jig‘ildoniga urish bilan shug‘ullanganligini avvaliga hech kim payqamadi.
- Qarzingiz bor ekan. Gazni uzmasak bo‘lmaydi, opa.
Tadbirkor A.Shodiyeva eshigi oldida to‘planib turgan gaz ta'minoti idorasi xodimlariga hayron bo‘lib qaradi. Bir nima esiga tushdi, shekilli, shoshilib gapira boshladi.
- Nega qarzdor bo‘laman? Axir yaqindagina nazoratchi kelinimning plastik kartochkasi orqali to‘lovni qabul qilgan edi-ku?!
- Opa! Mana, hujjatda qarzdorligingiz ko‘rsatilgan. Hech qanday to‘lov amalga oshirilmagan, - filial xodimlari opaning so‘zlariga quloq tutmay, gazni tarmoqdan uzishdi.
Tadbirkorning asosiy faoliyat turi novvoychilik bo‘lib, gaz bo‘lmasa, ishi to‘xtashi aniq edi. Shu damda nazoratchi F.Qurbonmurodov uni aldaganini, olgan pullarini jig‘ildoniga urganini tushungandek bo‘ldi.
Nazoratchining qilmishi faqat shundangina iborat emasdi. U tumandagi “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi fuqaro A.Karimovni ham bir necha oy davomida chuv tushirib kelganligi aniqlandi. Ma'lum bo‘lishicha, F.Qurbonmurodov A.Karimovning tabiiy gazdan bo‘lgan 1 mln. 200 ming so‘m qarzini “yopib berish” evaziga 2015 yilning mart, iyun va oktabr oylarida jami 800 ming so‘m miqdoridagi pulini qo‘lga kiritadi va qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi sanasiz, raqamsiz soxta ma'lumotnoma beradi. Pullar o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuboradi.
Mazkur holatlar yuzasidan unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, haqiqat qaror topdi. Aybdor sudning hukmi bilan qilmishiga yarasha jazosini oldi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
08:29 / 26.05.2026