Jamiyat | 10:44 / 18.04.2017
10512
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi maktablardan birida 10 kishi noma'lum gazdan zaharlandi

Qirg‘izistonning Baliqchi tumanidagi maktablardan birida 10 kishi noma'lum gazdan zaharlangani xabar qilinmoqda. Ular orasida, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ham bor, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. 

«Besh o‘quvchi shahar shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotizilgan, yana besh kishiga  travmatologiya bo‘limida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda», — deyiladi xabarda. 

Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, yana bir necha o‘quvchi va o‘qituvchilarga «birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan».

Mutaxassislar jabrlanganlar qanday gazdan zaharlanganiga oydinlik kiritishmoqda. 

Mavzuga oid