Jahon | 17:42 / 18.04.2017
25385
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya AQSh bilan yadroviy urushga tayyor ekanini ma'lum qildi

Shimoliy Koreya armiyasi AQSh majbur qilgan taqdirda yadroviy urushga javob berishga tayyor. KXDR elchixonasining muxtor vaziri Zin Chjon Xep shu haqida ma'lum qildi. 

"Bizning armiyamiz va xalqimiz yov kuchlari tomonidan har qanday provokatsiyaga javob berish uchun yetarli iroda, tayyorgarlik va kuch-qudratga ega. Bizning armiya va xalqimiz AQSh hamda yov kuchlarning agressiv xatti-harakatlariga javob berishga tayyor. Agar ular yadroviy urushni xohlashsa, biz ham yadroviy urush bilan javob qaytara olamiz. Agar ular har tomonlama urushni istashsa, biz unisiga ham tayyormiz", - dedi Zin Chjon Xep Rossiyaning LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy bilan kechgan uchrashuvda. 

AQShning "Karl Vinson" aviatashuvchisi boshchiligidagi  harbiy kemalar guruhining Koreya yarim oroliga joylashishi u yerdagi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid