Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada tinch aholiga «varvarona hujum» (foto va videolar)
15 aprel kuni Halab shahri yaqinida Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan buyon eng yirik va qonli terakt sodir etildi. Terrorchi xudkush mingan avtomobil Idlibdan evakuatsiya qilinayotgan kishilar mingan avtobuslar karvoniga hujum qildi.
Avtobusda jangarilar nazorati ostidagi hududdan, Fua va Kefraya shia qishloqlaridan kelishuv bo‘yicha Suriya hukumati nazorati ostidagi hududga ko‘chirilayotgan kishilar mingandi.
Avtobuslar kolonnasi Rashidinda Jibrindagi qochqinlarni vaqtinchalik joylashtirish markaziga ketaverishda to‘xtagan edi.
Kolonnada jami 5000 kishi evakuatsiya qilinayotgan bo‘lgan. Portlashdan so‘ng avtobuslarning bir qismi muxolifat kuchlari nazoratidagi hududda qolgan.





Portlash qurbonlari 126 nafarni tashkil qildi. Ulardan 68 nafari bolalar. 200 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.
Quyidagi videolarda portlashdan oldingi va keyingi holatlar aks etgan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026