Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukumati mamlakatdagi favqulodda holat tartibini yana 3 oyga uzaytirdi
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘mon Kurtulmushning bayonot berishicha, mamlakat hukumati jumhuriyatdagi favqulodda holat tartibini yana 3 oyga uzaytirishga qaror qildi. Shu haqdagi rasmiy so‘rov Turkiya parlamentiga kiritiladi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
«Turkiya milliy xavfsizlik kengashining favqulodda holat tartibini yana 3 oyga uzaytirish bo‘yicha taklifi bor. Biz bu qarorni qabul qildik. Chorshanba kuni u parlament tasdig‘iga kiritiladi», — degan Kurtulmush
Avvalroq, Turkiya milliy xavfsizlik kengashi hukumatga favqulodda holattartibini 3 oyga uzaytirishni tavsiya qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, favqulodda holat 2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi harbiy davlat to‘ntarishiga muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng joriy qilingan edi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026