Jahon | 16:56 / 18.04.2017
6835
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada harbiy vertolyot qulab tushdi

17 aprel, seshanba kuni Turkiya sharqidagi Tunjyeli provinsiyasida vertolyot halokatga uchradi. Bu haqida NTV telekanali xabar berdi

Manbaga ko‘ra, vertolyot bortida 14 kishi bo‘lgan. Ulardan 8 nafari - politsiya xodimlari va ikki sudya. 

Ta'kidlanishicha, Sikorsky vertolyoti Turkiya politsiya departamentiga tegishli. 

Provintsiya gubernatorining taxminlariga ko‘ra, vertolyotning qulashiga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Voqea joyiga qutqaruvchilar jo‘natilgan. 

Jabrlanganlar haqida hozircha hech qanday ma'lumotlar yo‘q.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid