Jahon | 19:51 / 19.04.2017
4336
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya parlamenti muddatdan avval o‘tkaziladigan saylovlar sanasini tasdiqladi

Buyuk Britaniya parlamenti mamlakatda muddatidan avval parlament saylovlar 8 iyun kuni bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar bergan.

Saylovlarning o‘tkazilishi uchun 522 deputat ovoz bergan, 13 parlamentariy qarshi chiqqan.

Bundan avval Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 8 iyun kuni mamlakat parlamentiga muddatidan avvalgi saylovlar bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilgan edi. Avvaliga saylovni 2020 yili o‘tkazish reja qilingandi. Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyaga barqaror va kuchli hukumat kerak.

Bu  saylovni o‘tkazish zarurati Yevroittifoq bilan Brexit'ga doir muzokaralarda muxolifat partiyalar tomonidan mamlakat pozitsiyasining  zaiflashuv xavfi bilan bog‘liq. 

3 may kuni Buyuk Britaniya parlamenti tarqatiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid