Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Yevropa ittifoqi o‘z so‘zida turmadi
Yevropa ittifoqi o‘z tarkibiga Turkiyani qabul qilish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmayapti va uni 54 yildan beri kutishga majbur qilmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an CNN telekompaniyasiga ma'lum qildi. Prezident kanal jurnalistlari savollariga Anqaradagi qarorgohida javob qaytargan.
YeI “bizni 54 yildan beri kutishga majbur qildi”, deya ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an. “Siyosiy nuqtai nazardan, buni boshqa qabul qilish mumkin emas. Biz YeIga kirish uchun kerakli bo‘lgan barcha talablarni bajarishga harakat qildik, Yevropa ittifoqi esa o‘z va'dalarining ustidan chiqmadi. U ularni bajarishi kerak”, - deya davom etgan prezident.
Shu bilan birga, u Bryussel xatti-harakati yaxshi tomonga o‘zgarsa, Anqara yana kutib turishga tayyor ekaniga ham ishora qilgan. “Agarda ular o‘z va'dalarini bajarishsa, biz yana muzokaralar stoliga qaytishimiz mumkin. Biz qanday qadam qo‘yilishi mumkinligini sezishga qodirmiz”, - deya ogohlantirdi Erdo‘g‘an YeI a'zo-davlatlarining Turkiyadagi referendumga munosabatiga oid savolga javob qaytarib.
Mamlakatning YeIga kirish borasidagi muzokaralar 2005 yildan beri olib borilmoqda. 1963 yilning 12 sentabr kuni Anqarada Turkiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasida assotsiatsiya haqidagi Kelishuv imzolangan, u 1964 yilning 1 dekabr kuni kuchga kirgan.
Turkiya va YeI munosabatlaridagi keskinlik qator Yevropa davlatlarida turk siyosatchilarining chiqish qilishi taqiqlangani bilan ham bog‘liq. Avvalroq Erdo‘g‘an Yevropadagi hukumatlarning bunday siyosatini natsistlar xatti-harakatiga o‘xshatgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026