Sport | 09:53 / 19.04.2017
3851
1 daqiqa o‘qiladi

Kavani "Napoli"dagi rekordini yangiladi

"PSJ" hujumchisi Edinson Kavani Liga 1 musobaqasining 31-turida "Metts" darvozasiga gol kiritdi. 

Ushbu gol Kavani uchun joriy mavsum Fransiya chempionatidagi 30-gol bo‘ldi. Futbolchi 7ta golni penaltidan kiritgan. 

29 yoshli futbolchi faoliyatida ilk bor milliy chempionat doirasida bir mavsumda 30ta gol kiritib, shaxsiy rekordini o‘rnatdi. Bundan avval futbolchi 2012/13 yilgi mavsumda "Napoli" tarkibida 29ta gol kiritgan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid