Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQShga zarba berishni aks ettiruvchi videoni namoyish etdi
KXDR televideniyesida AQSh bo‘ylab raketa zarbasi berilishini aks ettiruvchi film namoyish etildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar tarqatgan.
Ushbu videorolik 15 aprel kuni Kim Ir Sen tug‘ilgan kunining 105 yilligiga bag‘ishlangan tantanada namoyish etilgan. Unda yangi ballistik raketa va uning uchirilishi tasvirlangan. Videoda ko‘rsatilishicha, raketa okean ustidan uchib o‘tib, AQSh shaharlaridan biriga zarba beradi. Keyingi kadrda qabriston fonida Amerika bayrog‘i yonayotgan holda ko‘rsatilgan.
Shu kungi paradda yangi qit'alararo ballistik raketasi namoyish etilgani taxmin qilinmoqda.
Bundan oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp TMJ4 telekanali uchun bergan intervyusida amerikaliklarda Shimoliy Koreya bilan urush boshlash uchun yetarli asos borligi haqida aytib o‘tgandi.
Ekspertlar 25 aprel kuni, KXDR Koreya xalq armiyasi tashkil etilgani nishonlanadigan kunda oltinchi yadro sinovi amalga oshirilishi yoki raketa uchirilishi mumkin deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026