Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada o‘ndan ko‘p odam ko‘chki qurboni bo‘ldi
Kolumbiyaning Manisales shahrida 19 aprelda yuz bergan ko‘chkida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Kolumbiyaning favqulodda vaziyatlar xatarlarini boshqarish bo‘yicha mahalliy boshqarma.
Shahar meri Xose Oktavio Kardonaning ma'lum qilishicha, jami 70 nafar oila jabr ko‘rgan. Umumiy hisobda 30 uy vayron bo‘lgan, deb ma'lum qildi Kardona W radiosi efirida.
Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan suratlarda ko‘chki qoya yuqorisidan ko‘chgani va yo‘lida uchragan turar joy binolarini vayron qilgani tasvirlangan. Fojiaga Kolumbiyada yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan.
Hozirda fojia joyida qidiruv ishlari olib borilmoqda, mahalliy maktablarda darslar bekor qilingan.
Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos Twitter’dagi mikroblogida Manisalesga yo‘l olgani, biroq yomon ob-havo sababli uning samolyoti Medelinga qo‘nishga majbur bo‘lganini ma'lum qilgan. Hozirda davlat rahbari tezroq shaharga yetib borish uchun vaziyat yaxshilanishini kutmoqda.