Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Fan va texnologiyalar agentligiga yangi bosh direktor tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga yangi bosh direktor tayinlandi. Bu haqda hukumat portalida xabar berildi.
2017 yil 13 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2890-son qaroriga muvofiq Boltabayev Mahmudjon Rustamovich O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlangan.
Joriy yilning 17 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilib, uning zimmasiga ilmiy-texnika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, innovatsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash vazifalari yuklandi.
Mazkur komissiyaning ishchi organi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi faoliyati tugatilayotgan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etildi.
Mavzuga oid
10:30 / 09.12.2025
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘rnida Boshqaruv samaradorligi agentligi tuzildi
12:09 / 30.10.2025
Farg‘onada shunday direktor bor: u 2500 o‘quvchini har kuni eshik oldida o‘zi kutib oladi
10:17 / 22.09.2025
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
22:14 / 11.09.2025