Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaliklar Shimoliy Koreyaning ehtimoliy raketa zarbasiga tayyorlanmoqda
Yaponiyada kutilmagan raketa zarbasi paytida evakuatsiya va himoya usullari haqida ma'lumotlar bo‘lgan portalga murojaat qilish ko‘paymoqda. Bu KXDR atrofidagi vaziyatning keskinlashishi bilan bog‘liq.
NHK telekompaniyasining xabar berishicha, “Aholini himoya qilish portali” sayti hukumat tomonidan besh yil avval tashkil etilgan bo‘lib, evakuatsiya va evakonuqtalar, himoya usullari hamda favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha yo‘riqnomalarga ega. Bu terrorchilik hujumi yoki raketa zarbasi paytida kerak bo‘ladi. Shu kunga qadar bir oyda o‘rtacha 100 ming murojaat ro‘yxatga olingandi. Biroq Koreya yarim orolidagi vaziyatning keskinlashgani, oltinchi yadro sinovi bilan bog‘liq gap-so‘zlardan so‘ng, mart oyida murojaatlar soni 450 mingni tashkil qildi.
Aprel boshidan yaponiyalik siyosatchilar va OAV Janubiy Koreyadan yaponiyalik fuqarolarni evakuatsiya qilish usullari hamda “yangi Koreya urushi” ehtimolini jiddiy muhokama qilishmoqda. Hududdagi vaziyat ayniqsa 15 aprel kuni – KXDR asoschisi Kim Ir Senning tavallud kuni nishonlanganda juda keskinlashdi. O‘sha kunning o‘zida saytga murojaatlar soni 458 mingdan oshib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, KXDR navbatdagi raketa sinovini o‘tkazgan kun – 6 apreldan boshlab, AQShning Shimoliy Koreyaga ehtimoliy zarbasi Yaponiyada muhokama etiluvchi bosh mavzuga aylandi.
Mavzuga oid
14:44 / 23.01.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada oyiga kamida 2 ming dollar maosh taklif etilmoqda
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
15:57 / 20.01.2026
Yaponiya bosh vaziri muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi
15:42 / 14.01.2026