Jamiyat | 19:21 / 20.04.2017
5401
4 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyotni muvofiqlashtiruvchi Komissiya yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni va dori vositalari ta'minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari tomonidan sog‘liqni saqlash tizimining holati va uning rivojlanish istiqbollari yuzasidan shu yil 5 yanvar, 7 fevral hamda 30 martda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hamda ushbu sohadagi qonunchilikning amaliyotga samarali tatbiq etilishi masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Qonunchilik palatasi deputatlari  tomonidan joriy yilning aprel oyida joylarda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning haqiqiy holatini o‘rganish yakunlaridan kelib chiqib, Davlat rahbarining 2017 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Qarorida belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etish borasida Sog‘liqni saqlash, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida axborotlar eshitildi.

Ta'kidlandiki, joylarda sog‘liqni saqlash sohasini takomillashtirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Xususan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida tibbiyot sohasida tuzilgan alohida komissiyalar tomonidan QVPlarni maqbullashtirishga doir takliflarning keng jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda, tegishli mahalliy Kengashlar sessiyalarida ko‘rib chiqilishi ta'minlangan. Shuningdek QVPlar va poliklinikalar rahbarlarining axborotini mahallalarda, tibbiyot birlashmalari rahbarlarining axborotini esa mahalliy Kengashlar sessiyalarida eshitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Tibbiyot muassasalari xodimlarining mas'uliyati ortayotganligi, respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining joylarda olib borayotgan ishlari, profilaktika-patronaj ishlaridagi va tez yordam xizmatlaridagi ijobiy o‘zgarishlar aholi tomonidan e'tirof etilmoqda. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash sohasi tizimini takomillashtirish borasida joylarda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligi, QVPlar va poliklinikalarning soat 8-00 dan 20-00 gacha ishlayotganligi, ko‘pgina zarur dori-darmonlar narxining bir muncha arzonlashganligi, tez yordam sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori oshganligi aholini mamnun etmoqda.

Shu bilan birga, yig‘ilishda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati ko‘rsatish sohasida islohotlarni samarali amalga oshirish borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilishi lozimligiga e'tibor qaratildi. Jumladan,  maqbullashtirish natijasida QVP va poliklinikalarning faoliyat yuritishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan idoraviy normativ hujjatlarni qabul qilishni tezlashtirish, birlamchi tibbiy xizmatda kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Davlat rahbarining qarorini bajarishda mutasaddi idoralar va vazirliklarni joylardagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan doimiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta'kidlandi.

Yig‘ilishda shuningdek, aholining tibbiy madaniyati va fuqarolarning 
o‘z salomatligiga mas'ulligini oshirishga yo‘naltirilgan sog‘lom turmush tarzi asoslarini faol targ‘ib etish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.

Mavzuga oid