Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Chrome brauzerini reklamalardan tozalashni rejalashtirmoqda
Amerikaning Google kompaniyasi Chrome internet brauzerining mobil va stol namunalariga reklamani to‘sish funksiyasini kiritmoqchi. Filtrlar faqatgina nojoiz deb hisoblangan mahsulotlarga tegishli bo‘ladi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.
Reklamalarni filtrlash masalalari bilan Eng yaxshi reklama uchun koalitsiya (Coalition for Better Ads) shug‘ullanadi. Tashkilotga marketing bozorining ko‘plab ishtirokchilari, jumladan Google ham kiradi. Koalitsiya saytida ta'kidlanishicha, videolarni o‘z-o‘zidan ijro etuvchi sizuvchi oynalar ochilishi hamda saytga kirishdan avval ekranda paydo bo‘luvchi «obro‘li reklama»lar nojoiz hisoblanadi.
Biroq, uni ishga tushirish so‘roq ostida turibdi. Shunday usullardan biri sifatida birorta e'lon nojoiz deb tan olinsa, veb-sahifadagi barcha reklamani to‘sib qo‘yish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, brauzerni o‘rnatishda chog‘ida ushbu funksiyani yoqish imkoni ham o‘rganilmoqda.
WSJ suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, garchi bu internet reklamadan daromad ko‘ruvchi Google uchun mantiqsiz qadamdek ko‘rinsa-da, aslida — bu foydalanuvchilarning boshqa reklama to‘suvchilarini qo‘llashiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirilmoqda.
WSJ manbalarining aytishicha, Google filtrlashni joriy qilish orqali boshqa ishlab chiqaruvchilarning «joiz reklama» dasturidagi xarajatlarini kamaytirishi mumkin bo‘ladi.
Gazetaning yozishicha, AQShdagi internet foydalanuvchilarining chorak qismidan ortig‘i reklamalarni to‘suvchilardan foydalanadi. StatCounter ma'lumotlariga binoan Google Chrome brauzerining Qo‘shma Shtatlardagi ulushi 47,5 foizni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:35 / 24.06.2026
Raqobat qo‘mitasi dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026