Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyevning Xitoyga tashrifidan ko‘zlangan maqsad ma'lum
2017 yil 21 aprel kuni Toshkent shahrida “Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1 chorak yakunlari” anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, Qonunchilik palatasi Spiker o‘rinbosari Sarvar Otamurodov, “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi Ijrochi direktori Akmal Burxanov, qator vazirlik va idoralar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.
Xususan, anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga may oyi o‘rtalariga rejalashtirilgan tashrifi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Javlon Vaxabovning aytishicha, bu davlat tashrifi bo‘lib, kun tartibidagi asosiy masala – bu savdo, investitsiya sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi kundagi ahvoli, xavfsizlik sohasidagi masalalar, shuningdek madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikdir.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad – Xitoy bilan strategik sheriklikni yanada kuchaytirish va ushbu davlat bilan katta hajmdagi hujjatlar to‘plamini imzolash. Ular orasida ikki davlat xo‘jalik sub'yektlari va korxonalari o‘rtasida tijoriy shartnomalar bor.
Tadbir dasturidan XXR raisi Si Tszinpin, Xitoy Davlat kengashi a'zolari, shuningdek Xitoyning yirik moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish ham o‘rin olgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda “Bir mintaqa, bir yo‘l” forumida ham ishtirok etishni maqsad qilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qatnashadi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026