Sport | 09:02 / 21.04.2017
6617
1 daqiqa o‘qiladi

«MYu»ni «Old Trafford»da kim mag‘lub eta oladi?

«Manchester Yunayted» futbol klubi Yevropa ligasining ¼ finali javob uchrashuvida «Anderlext» ustidan g‘alaba qozonib (2:1 qo‘sh. vaqtda), o‘z uyida barcha musobaqalardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 26 o‘yinga qadar yetkazib oldi (17 g‘alaba, 9 durang).

Bu «MYu»ning 2011 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi. O‘shanda ser Aleks Fergyuson boshchiligidagi «qizil iblislar» «Old Trafford»da 37 bellashuvda mag‘lubiyatga uchrashmagan.

«Manchester Yunayted» o‘z tarixidagi bunday ko‘rsatkich bo‘yicha rekordni 1998/99 yilgi mavsumda o‘rnatgan – 45 bahs.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid