Jamiyat | 18:22 / 21.04.2017
14504
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusoboddagi bog‘chada bolalar rizqini o‘g‘irlayotgan ayol ushlandi

Illyustrativ foto

2017 yil 14 aprel kuni Yunusobod tumani hududida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasida ishlovchi A. ismli shaxs jami 900 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini yashirin ravishda olib chiqib ketayotgan vaqtda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ushlanib, unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasi 1-qismi, ya'ni oz miqdorda talon-taroj qilish alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirildi. Bu haqda Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma'lum qildi. 

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u 46 kilogramm tovuq, 46-48 kg makaron, 10 kg shakar va 10 kg qand olib chiqib ketayoganida shahar militsiyasi xodimlari tomonidan ushlangan. Ayblanuvchining aytishicha, u hali bog‘cha tarbiyalanuvchilarining rizqini qiyib olib chiqayotgan mahsulotlarini qanchaga sotishni o‘ylab ham ko‘rmagan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid