Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: IShIDning Suriyadagi poytaxti ko‘chirildi
AQShning Fox News telekanali AQSh mudofaa vazirligidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda IShIDning Suriyadagi poytaxti Raqqadan Daur az-Zo‘rga ko‘chirilganini ma'lum qildi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki oy davomida amerikalik harbiylar dronlar yordamida IShID "amaldorlari"ning Daur az-Zo‘rdan janubda, Frot daryosi sohilida joylashgan Al-Mayodin shahriga qochayotganlarini qayd qilganlar.
Ta'kidlanishicha, yaqin orada AQSh Raqqani olish uchun kurd jangchilarini yubormoqchi. Pentagonda shahar uchun jang muqarrar kechishi, biroq u yerda IShID "rahbariyati" boshqa yo‘qligi ta'kidlangan.
Avvalroq Suriya prezidenti Bashar Asad RIA “Novosti” axborot agentligi bergan intervyusida Vashington jangarilar Daur az-Zo‘rni egallashlarini istayotgani haqidagi fikrni bildirgan. Uning aytishicha, bu IShIDga Suriya armiyasi pozitsiyalariga putur yetkazishga imkon beradi.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025