Jamiyat | 17:13 / 22.04.2017
4400
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoylik sobiq mulozimga 36,4 mln dollar jarima solindi
XXR qimmatli qog‘ozlarni nazorat qilish bo‘yicha davlat qo‘mitasining sobiq xodimi Fen Syaoshu qimmatli qog‘ozlar bilan noqonuniy harakatlarni amalga oshirganlikda aybdor deb topildi. Sina internet axborot portali xabar qilishicha, sobiq mulozim 251 mln yuan miqdorida (36,4 mln AQSh dollari) jarima to‘lashi kerak.
"Fen Syaoshu qimmatli qog‘ozlar bozorida umrbod amaliyotlarni bajara olmaydi", - degan qo‘mita rasmiy vakili Chjan Syaotszyun.
2012-2013 yillarda Xitoy hokimiyatiga Si Tszinpin rahbarligidagi "beshinchi avlod" hukumati kelganidan so‘ng, partiya safidagi korrupsiya va boshqa jinoyatlarga qarshi kurash kuchaytirildi.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024
Toshkentda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar asosan qaysi idoralarda ishlagani aytildi
12:59 / 19.08.2024